On 15 October 2025, Westminster International University in Tashkent hosted a creative meeting with prominent Uzbek writers and poets within the “Sharing Enlightenment” project.
Renowned literary figures Umida Abduazimova, Adiba Umirova, and Islom Xamrayev met with students to share their creative experiences, discuss the role of literature in shaping values, and inspire a love for reading. The guests also read excerpts from their works and answered students’ questions.
The event emphasised the power of literature in nurturing creativity, critical thinking, and spiritual growth among young people.
Following the meeting, the writers together with university representatives also visited School No. 192, where they held a warm and inspiring conversation with pupils.
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o‘zbek adiblari bilan ijodiy uchrashuv
2025-yil 15-oktabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o‘zbek adiblari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori N. Kadirov ochib berdi va bunday loyihalarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini ta’kidladi.
Uchrashuvda taniqli adib va shoiralar Umida Abduazimova, Adiba Umirova hamda yozuvchi Islom Xamrayev ishtirok etdilar. Adiblar o‘z ijod yo‘llari, ilhom manbalari, adabiyot va kitobxonlik madaniyatining ahamiyati haqida suhbatlashib, asarlaridan parchalar o‘qib berdilar.
Tadbir yoshlarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va o‘zbek adabiyotining boy merosini chuqurroq anglashga xizmat qildi.
Uchrashuvdan so‘ng adiblar va universitet rahbariyati 192-maktabga tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan ham samimiy muloqot o‘tkazdilar.
Our channels: Website; Facebook; Instagram; LinkedIn; YouTube